
Kanadalik afsona ikki vaznda UFC chempioni, rossiyalik 34 yoshli Islam Maxachev ustidan g'alaba qozonish usuli haqida gapirdi.
"Islam Maxachevni mag'lub etish uchun kurashda unga qarshi tura oladigan yoki uning parterga o'tkazishga urinishlarini nazorat qila oladigan jangchi kerak. Agar Islam parterga tushirishga muvaffaq bo'lsa, raqib tezroq tik holatga turishi, masofani belgilashi lozim. Menimcha, unga ko'plab fintlar bilan bosim o'tkazadigan jangchi kerak.
Maxachevga ko'p muammolar tug'dira oladigan bir yigit bor edi. U asli franciyalik bo'lib, bir paytlar mening sparring sherigim bo'lgan. Uning ismi Mansur Barnaui. Janglarga tayyorgarlik ko'rayotganimda u mening eng yaxshi sparring sheriklarimdan biri bo'lgan... Bu (Islamning Barnaui bilan jangi) Maxachev faoliyatining boshida bo'lgan. O'sha jangga qaraydigan bo'lsak, boshqacha tugashi ham mumkin edi. Ammo Mansur Maxachev bilan qanday jang qilgani (Islamni mag'lub etish uchun) aynan shunday jang qilish kerak", - deya Sen-Perning so'zlarini keltiradi Sherdog portali.
