Bunga reytingning uchinchi pog'onasidan joy olgan Edvardsning raqibi ko'ziga qo'lini tiqib olgani sabab bo'lgandi. Jangdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Leon o'z qilmishi uchun kechirim so'rab, bu ishni atayin qilmaganini aytgan.
"Afsusdaman. Lekin bu ishni atayin qilmadim. Jangdagi holat. Rejalarimga to'xtalib o'tsam, keyingi raqibim UFC chempioni Kamaru Usman bo'lishi kerak. Men bunga haqliman. Sakkizta g'alabali seriya chempionlik jangiga haqli ekanimga dalolat. Bugun ketma-ket qozonilgan to'qqizinchi g'alabaga yaqin edim. Men bu jangni yutdim. SHu boisdan revansh jangi haqida gap-so'z bo'lmasligi kerak. Menga chempionlik jangi beringlar. Hozir 29 yoshdaman va o'tgan davr mobaynida ko'p narsaga ulgurolmay qoldim. Dushanba kuni UFC rahbari bilan uchrashaman va shu masalada gaplashib olaman", - dedi Edvards.
Yana ikki nafar hamyurtimiz AQSHning Global Fight League promousheni bilan shartnoma tuzdi