
28 yoshli Ispaniya-Gruziya vakili Islam va Xabibni juda mag'rur, takabbur va manman deb atadi.
"Men grepplingni o'zimning kuchli tomonim deb bilaman, ammo so'nggi paytlarda bu omma ko'rishni istaydigan narsa emasligiga ko'nikdim. Islamga kelsak, ehtimol, bu hamma ko'rishni istaydigan narsadir. U bilan jangda tik holatda ustunlik qilaman, kerakli joyga uch-to'rtta zarba beraman va Xabibning ko'z o'ngida g'alaba qozonaman, buni juda xohlayman.
Ular juda o'ziga bino qo'ygan va takabbur. Agar Xabib shundan keyin, yani men ustun kelganimda aralashmoqchi bo'lsa, uning boshini quvonch bilan bosib o'tib ketaman", - deya Topuriyaning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Red Corner MMA akkaunti.
