
"Menda ham hammada bo'lgani kabi fikrlar bor edi: Merab oktagonga chiqib, besh raund davomida shunchaki o'zining odatdagi ishini qiladi, deb o'ylagandim. Ammo Pyotr Yan ideal jang rejasi bilan chiqdi. U raqib kurashini bo'g'ib qo'ydi, parterlarga tushib qolishdan ajoyib tarzda himoyalandi. Merabni qiynab qo'ydi, korpusda alo darajada ishladi.
Ko'p intervyularda aytganman: Merabni tana qismiga urish kerak. Yan aynan shunday qildi va ko'rinib turibdiki, bunday zarbalar Merabga haqiqatan ham og'riq keltiradi. SHunday ekan, fikrimcha, bu divizionni yaxshigina larzaga solgan ajoyib jang bo'ldi. Ko'ramiz, ularning revansh jangi bo'lar ekanmi? Agar amalga oshsa, bu juda tomoshabop jang bo'lardi", - dedi amerikalik jangchi Jeyms Linchga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Mario Bautista 7 fevral kuni bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 266 turnirida oktagonga qaytadi. Unga braziliyalik Vinishius Oliveyra raqiblik qiladi.
