SportUz.Net
iks
ads

Bakli Rahmonov uni qora bola deb ataganini javobsiz qoldirmadi

22.12.2025 07:09    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning yarim o'rta vazn toifasi reytingida 10-o'rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasining so'zlariga javob qaytardi.

Reytingning uchinchi raqamli jangchisi hisoblangan SHavkat Rahmonov Baklini qora bola deb atagandi.

"Bu irqchilik emas, lekin bu yodlab olingan narsa. Kimdir unga shunday deyishni uqtirdi. Rostini aytsam, u so'zni "n" harfiga qo'ysa, menga osonroq bo'lardi. Yolg'on gapirmayman, meni o'g'il bola deyishning o'zi haddan oshish, chunki men katta odamman.

Sen shunchaki hurmatsizlik qilmoqchisan. Agar shunday bo'lsa, men uchun bu muammo emas, lekin bu jangni baribir qabul qilishing lozim", - dedi Bakli Parry Punch YouTube kanalida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: