
"Hozirgina jarrohlik amaliyotidan so'ng o'zimga keldim. Hammasi silliq kechdi. Qo'llab-quvvatlaganingiz va iliq so'zlaringiz uchun barchangizga rahmat. Og'riqlar bor. Etti kun faqat suyuq ovqat ichishga to'g'ri keladi. Mayami universiteti shifoxonasidagi ajoyib jamoaga alohida rahmat - hamma juda etiborli, xayrixoh va g'amxo'r" deb yozdi amerikalik ijtimoiy tarmoqda jarrohlik amaliyotidan keyingi rentgen suratini elon qilib.
Eslatib o'tamiz, Mayamida bo'lib o'tgan boks oqshomida superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bloger-bokschi Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan edi.
