SportUz.Net
iks
ads

UFC Paulo Kosta, Renato Moykano, de Ridderning janglarini elon qildi + POSTER

21.12.2025 14:33    


Rasmni yuklab olish

Dunyoning eng kuchli ligasi matbuot xizmati promoushen rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bir nechta qiziqarli janglarni oshkor etdi.

Jumladan, o'rta vazn toifasi UFC reytingida 13-o'rinni egallab turgan braziliyalik Paulo Kosta 8 mart kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 326 turnirida hamyurti Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga chiqadi. 

Bundan tashqari, ushbu turnir doirasida UFC o'rta vazn reytingida ettinchi o'rinni band etgan braziliyalik Kayo Borralo hamda reytingning sakkizinchi pog'onasida borayotgan niderlandiyalik Rene de Ridder o'rtasida jang bo'lib o'tadi.

SHuningdek, tadbir doirasida engil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar braziliyalik Renato Moykano amerikalik Brayan Ortegaga qarshi jang o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: