SportUz.Net
iks
ads

Lennoks Lyuis: "Jeyk Pol endi yaxshiroq ham, kuchliroq ham bo'lmaydi"

21.12.2025 11:24    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Entoni Joshua - Jeyk Pol jangiga izoh berdi.

"Entoni Joshua qilishi kerak bo'lgan ishni qildi. Uning oldida shunchaki ringda yugurib yuradigan va ko'p zarba bermaydigan yigit bor edi. Bu faqatgina Joshua uni qachon qo'lga kiritishiga bog'liq edi.

Menimcha, Pol maksimumini ko'rsatdi. U shunday o'yin ko'rsatyapti, bundan keyin yaxshi bo'lmaydi. Jeyk sobiq jahon chempioniga qarshi ringga ko'tarildi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, undan boshqa natija kutish ham ahmoqlik bo'lardi", - deya Lyuisning so'zlarini keltiradi Boxing News portali.

Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua kecha Mayamida Jeyk Polni 6-raundda nokautga uchratgandi. Butun jang davomida bloger 16 tagina aniq zarba yo'llay oldi, xolos. Jangdan so'ng Jeyk jag' suyagining qo'sh sinishi bilan kasalxonaga yotqizildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: