
"To'g'risi, bu jangni ko'rmadim. Natijani bilgan holda bir narsani aytishim mumkin: Entoni Joshua o'z qalbini sotmaganidan xursandman", - deya Roy Jonsning so'zlarini keltiradi "Match TV".
Eslatib o'tamiz, AQSHning Mayami shahridagi "Kaseya Center" arenasida bo'lib o'tgan jangning oltinchi raundida nomdor sobiq chempioni bloger-bokschini nokautga uchratgandi. Joshua bilan to'qnashuvdan oldin Pol afsonaviy bokschi Mayk Taysonga qarshi jang o'tkazgan va uni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. Entoni esa 2024 yilning sentyabrida hamyurti Daniel Dyubuaga nokaut bilan yutqazgandi.
