SportUz.Net
iks
ads

"Qoyil qoldim" - Adesanya Maxachevning texnikasi haqida gapirdi

21.12.2025 07:12    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Islam Maxachevdan hayratda qolganini takidladi.

Yangi Zelandiya vakili yarim o'rta divizionda promoushenning amaldagi chempioni Islam Maxachevning jang uslubi haqidagi taassurotlari bilan bo'lishdi. Uning so'zlariga ko'ra, rossiyalikning aldamchi harakatlarga asoslangan mahorati UFC’dagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

"Islamning aldamchi harakatlardan foydalanish mahoratiga qoyil qoldim. Jek Della Maddalena bilan so'nggi jangida u zarba berishdan oldin ham 12 ta shunday harakatni amalga oshirdi. Va bu hatto so'nggi raundlarda ham sodir bo'ldi, shuning uchun men haqiqatan ham hayratda qoldim", - dedi Israel Adesanya YouTube’dagi Bangtao Muay Thai & MMA kanalidagi podkastda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: