
Jeyk Pol jang mobaynida 16 tagina aniq zarba yo'llay olgan, xolos. U Joshua tomon 56 ta zarba berishga uringan. Aniqlik 28,6 foiz. Entonining zarbalari ham juda havas qiladigan darajada emas. Endi bu erda raqibdan kelib chiqib, avvalgi chempionlik janglari bilan taqqoslab bo'lmaydi. Joshuaning jami 146 ta zarbasidan 48 tasi Polning bosh yoki tana qismiga etib borgan. Aniqlik 32,9 foiz.
Takidlash joiz, faollik va uning ortidan kelgan zarbalar so'nggi raundlarga to'g'ri keldi: beshinchi raundda Pol ikki bor nokdaun holatiga tushdi.
Zarbalar statistikasi:
Umumiy zarbalar: Joshua (48/146, 32.9%) — Pol (16/56, 28.6%).
Jeblar: Joshua (14/67, 20.9%) — Pol (7/34, 20.6%).
Kuchga yo'g'rilgan zarbalar: Joshua (34/79, 43%) — Pol (9/22, 40.9%).
Tana qismiga yo'llangan zarbalar: Joshuada 12, Polda — 2.
