SportUz.Net
iks
ads

Bir necha yakkakurashchimiz jang o'tkazgan Karate Combat Ligasi moliyaviy inqirozga uchradi

21.12.2025 07:33    


Rasmni yuklab olish

Karate Combat, to'liq kontaktli karate bo'yicha janglar o'tkazadigan birinchi professional liganing moliyaviy inqirozga uchragani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda to'lovlar yo'qligidan ommaviy ravishda shikoyat qilayotgan jangchilar va xodimlar ortib bormoqda. Liga jangchilar va ishchilar oldida qarzdor bo'lib qolgan.

To'lovlar kechiktirilganini ommaga malum qilganlar orasida argentinalik Emiliano Sordi va sobiq UFC jangchisi Luis Penya (keyinchalik u o'z postini o'chirib tashlagan va mish-mishlarga ko'ra, Karate Combat’dan o'ziga tegishli gonorarni olgan) ham bor.

Bundan tashqari, Liganing texnik xodimlari bir necha bor maoshlari kechikayotgani haqida xabar berishgan. Karate Combat Ligasi 2018 yilda tashkil etilgan. Uning bosh qarorgohi Dubayda joylashgan bo'lib, egasi Kayman orollarida joylashgan jamg'arma hisoblandi.

Etiborlisi, Karate Combat Ligasida aralash yakkakurash ustalarimizdan Anvar Boynazarov, Xotambek Boynazarov, SHohrux Xolmurodov va Saidyoqub Qahramonov o'z janglarini o'tkazishgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: