SportUz.Net
iks
ads

Mujibillo Tursunov WBC Gran-prisida ikkinchi bo'ldi

20.12.2025 22:51    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo'yicha WBC Gran-prisi yakuniga etdi.

Ushbu turnirning super engil vazn divizionida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov finalga qadar etib kelgani haqida xabar qilgandik. Bokschimiz hal qiluvchi bahsda Kolumbiya vakili Karlos Utriaga qarshi ringga ko'tarildi. 

8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va afsuski unda bokschimiz ochkolar evaziga imkoniyatni boy berdi. SHu tariqa, bokschimiz Gran-Prida ikkinchi o'rinni band etdi.

Eslatib o'tamiz, Mujibillo musobaqa doirasida JAR, Argentina, Meksika va Ukraina vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalgacha etib kelgandi. 

Malumot uchun, WBC Gran-prisi g'oliblari 100 ming AQSH dollari, finalda mag'lub bo'lgan bokschi esa 50 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: