SportUz.Net
iks
ads

UFC 324 turnirining rasmiy posteri namoyish etildi + FOTO

21.12.2025 08:36    


Rasmni yuklab olish

Ultimate Fighting Championship (UFC) matbuot xizmati tomonidan kardidan ikkita chempionlik jangi o'rin olgan UFC 324 turnirining rasmiy posteri taqdim etildi.

UFC 324 — dunyoning eng kuchli ligasi tomonidan 2026 yilda o'tkaziladigan birinchi eng katta raqamli turniri hisoblanadi. 25 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan turnir kardidan ikki chempionlik jangi o'rin olgan. 

Oqshomning asosiy jangi engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechadi. Unda amerikalik Jastin Getji reytingda beshinchi o'rinni egallab turgan britaniyalik Peddi Pimblettga qarshi oktagonga chiqadi.

Turning co-main event jangi esa ayollar o'ta engil (61 kilogrammgacha) vazn toifasida amaldagi UFC chempioni amerikalika Kayla Xarrison hamda ikki vaznda sobiq chempion braziliyalik Amanda Nunes o'rtasida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: