SportUz.Net
iks
ads

Toni Fergyuson boks jangida ringga chiqdi

21.12.2025 12:06    


Rasmni yuklab olish

Engil vaznda sobiq vaqtinchalik UFC chempioni, o'tgan yili sakkizta mag'lubiyatdan so'ng jahonning eng kuchli ligasidan istefoga chiqarilgan Toni Fergyuson professional boksdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.

Misfits Boxing 22 turnirida 41 yoshli Fergyuson britaniyalik bloger Uorren Spenser ustidan ishonchli g'alabaga erishdi. Toni butun jang davomida ustunlikka ega bo'ldi. Ikkinchi raundda u raqibini nokdaun holatiga tushirdi. So'nggi beshinchi raundda yana bir bor kuchli zarba bilan Spenserni muvozanatdan chiqardi, lekin muvaffaqiyatini rivojlantirishiga vaqt etmay qoldi. 

To'liq besh raund davom etgan jang yakunida Toni Fergyuson hakamlarning yakdil qarori bilan (49-45, 49-45, 48-46) g'alaba qozondi. 

Malumot uchun, Misfits Boxing promouterlik kompaniyasi blogerlar va mashhurlar ishtirokidagi janglarni tashkil etishga ixtisoslashgan. Toni Fergyuson shu yilning avgust oyida ushbu promoushenda debyut qilgan. Uning hisobida ikki g'alaba bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: