
Yaqinda boks afsonasi Irlandiyada ikki vaznda sobiq UFC chempioni bilan uchrashgandi.
"U aql bovar qilmaydigan odam. Konor shunchaki ajoyib. Men bunday odamlarni juda kam uchratganman. Undan juda ko'p energiya chiqadi", - deya Taysonning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.
Irlandiyalik 2021 yil iyul oyidan beri aralash yakkakurashlar bo'yicha jang qilmagan. O'shanda UFC 264 turnirida u birinchi raundda texnik nokaut (oyoq jarohati) bilan engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionligi sobiq egasi amerikalik Dastin Porega yutqazgan edi. Uning professional rekordi jami 22 ta g'alaba va oltita mag'lubiyatdan iborat.
