SportUz.Net
iks
ads

"Jeyk Joshua bilan jangda to'rtta raundni yutgandi" - Logan Pol

21.12.2025 16:18    


Rasmni yuklab olish

Bloger va WWE restleri Logan Pol akasi Jeyk Polning Entoni Joshuaga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.

"Men Jeyk bilan juda faxrlanaman. Bu shunchaki ajoyib edi. Menimcha, bu har tomonlama g'alaba bo'ldi. Albatta, jangning rasmiy natijasini hisobga olmasak. Hech kim Jeyk Joshuaga qarshi olti raundgacha chidab beradi, deb kutmagandi. U esa nafaqat chidab berdi, balki mening hisobimcha, to'rt raundni ham yutdi.

Odamlar bahslashishi mumkin, lekin hamma tan olishi kerak: kamida uch raund aniq Jeykniki edi. U to'pig'idan jarohat oldi va jag'ini sindirdi, shunga qaramay jangni davom ettirdi. Men u bilan juda faxrlanaman", — dedi Pol.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: