SportUz.Net
iks
ads

"Usman - Maxachev uchun eng xavfli raqib" - UFC sobiq jangchisi

21.12.2025 17:21    


Rasmni yuklab olish

BMF kamari sohibi bo'lgan sobiq jangchi Xorxe Masvidal Islam Maxachev uchun eng munosib va xavfli raqib kim ekanini aytdi.

"Kamaru Usman — Maxachevga jiddiy qarshilik ko'rsata oladigan jangchi. Bunga ishonaman, chunki o'zim u bilan jang qilganman. Kurash — uning eng kuchli tomoni, chunki u faoliyatini aynan shu yo'nalishdan boshlagan. Bu — uning bazasi. Greppling jihatidan Usman juda og'ir raqib.

Menimcha, yarim o'rta vaznda Maxachev uchun eng xavfli jang aynan Usmanga qarshi bo'ladi. Bu raqiblik darajasi nuqtai nazaridan juda jiddiy sakrash. Jek Della Maddalenaning qo'llari rosterdagi eng yaxshilaridan, kurashdan himoyasi ham yomon emas. Ammo himoya bo'yicha u Usmandan ancha past.

Usman kurashda himoyalanishni eng yuqori darajada biladi. Bu Maxachev uchun eng og'ir janglardan biri bo'lishi mumkin va men Islam bunday xatarga borishni istashiga ishonmayman", - dedi Masvidal.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: