SportUz.Net
iks
ads

Keyn Velaskes ozodlikka chiqishi mumkin

22.12.2025 08:54    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Keyn Velaskesning 2026 yil boshida qamoqdan ozod qilinishi aytilmoqda.

Bu haqda UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, Velaskesning do'sti, hozirda teleekspert va aralash yakkakurashlar bo'yicha tahlilchi bo'lib ishlayotgan Daniel Korme xabar berdi.

"Keyn Velaskesning shartli ravishda ozodlikka chiqish sanasi kelgusi yilning fevraliga ko'chirildi. Keling, chempion so'nggi bir necha yil ichida boshidan kechirganlaridan so'ng uyiga qaytib, hayotini yangidan boshlashi uchun iltijo qilaylik.

Uyda bo'lgan davri mobaynida u hech kimga xavf tug'dirmadi, faqat murabbiylik bilan shug'ullandi. Umid qilamanki, bu yangilik unga bayramlar arafasida kuch bag'ishlaydi va u uyga qaytishga tayyorgarlik ko'radi, ehtimol, keyingi yilning boshida. Keyn uchun duo qilishda davom eting, uni qo'llab-quvvatlang", - dedi Korme.

Eslatib o'tamiz, Keyn Velaskes 2022 yilning fevral oyida qiz farzandini himoya qilish ortidan qotillikka urinish va boshqa bir qator jinoyatlarda ayblanib hibsga olingandi. MMA’da 43 yoshli amerikalik 17 ta jang o'tkazgan. U 14 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. 2015 yil iyun oyida Keyn braziliyalik Fabrisio Verdumga yutqazib, UFC chempionligini yo'qotgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: