
Ushbu professional qoidalar asosida o'tkazilgan jang ikki kun avval Mayami (Florida, AQSH) shahrida bo'lib o'tgan va Joshuaning oltinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakuniga etgandi.
"Hozirgina samolyotda Jeyk Polning jangini tomosha qildim. U o'zini haqiqatan ham yaxshi ko'rsatdi, ayniqsa, o'ta tajribali va gavdali Entoni Joshua bilan jangda katta jasorat ko'rsatdi. Ajoyib tomosha! Jeykka uning chidamliligi va ancha yirik raqibga qarshi jangdagi mahorati uchun alohida maqtov!", - deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
