SportUz.Net
iks
ads

Rasman! Bo Nikal va Yoel Romero RAF chempionlik kamari uchun jang qiladi

22.12.2025 11:42    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vaznda amaldagi RAF chempioni Bo Nikal va vaqtinchalik kamar sohibi Yoel Romero o'rtasidagi jang rasman tasdiylandi.

Ushbu to'qnashuv 10 yanvar kuni Floridaning Sanrayz shahrida bo'lib o'tadigan RAF 5 turnirining asosiy jangiga aylanadi. 29 yoshli Bo Nikal joriy yilning avgust oyida birinchi RAF promousheni turnirida Jeykob Kardenasni mag'lub etib, yarim og'ir vazn toifasida liga tarixidagi birinchi chempionlikni qo'lga kiritgandi.

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi 20 dekabr kuni Indiana shtatining Fisher shahrida bo'lib o'tgan RAF 4 musobaqasida Yoel Romeroga qarshi kamar himoyasiga chiqishi kerak edi. Ammo jang arafasida u turnir ishtirokchilari safidan chiqqandi. Uning o'rnini egallagan Pet Daunini kubalik 48 yoshli Romero muddatidan oldin mag'lub etib, vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqqandi.

Ayni paytda UFC’da ishtirok etayotgan Bo Nikalda janglar yo'q, Yoel Romero esa 7 fevral kuni Filadelfiyada bo'lib o'tadigan KnuckleMania VI turnirida yarim og'ir vazn toifasida BKFC chempioni Lorenso Xantga qarshi jang qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: