SportUz.Net
iks
ads

Entoni Joshua: "Jeyk Pol bilan jang uchun tanqidga loyiqman"

22.12.2025 12:27    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua og'ir vaznda WBA reytingida 14-o'rinni egallab turgan Jeyk Polga qarshi jangda ishtirok etgani uchun tanqidga loyiq ekanini tan oldi.

"Men o'zimga nisbatan tanqidga loyiqman. Biz elita jangchilarmiz. Agar men o'zimni murabbiyning o'rniga qo'ysam va shogirdim Jeyk Pol bilan olti raund o'tkazsa... Ertagayoq uni sport zaliga qaytarib yuborib, biroz masxara qilgan bo'lardim-da, darhol ishga qaytardim.

Bu yigitga olti raund yutishiga qanday yo'l qo'yib beryapsan? Nima, aqldan ozdingmi? Lekin men o'tmishga qaytolmayman. Jeykka tan berish kerak, u yaxshi ishladi. Uni nima bo'lishi haqida ogohlantirdim, ammo buning uchun olti raund kerak bo'ldi", - deya Joshuaning so'zlarini keltiradi talkSPORT portali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: