SportUz.Net
iks
ads

UFC reytingi yangilandi: Xollouey Ankalaev va Bonfimni ortda qoldirdi

11.11.2025 19:36    


Rasmni yuklab olish

UFC Fight Night 264 turnirining asosiy jangida yamaykalik Rendi Braunni ikkinchi raundda nokautga uchratgan braziliyalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Gabriel Bonfim reytingda to'rt pog'ona yuqoriladi.

Bu bilan u Top-10`talikka kirib oldi. Amerikalik Jozef Morales turnirning co-main event jangining birinchi raundida Mett SHnellni gilotina usulida bo'g'ib qo'ygandi. Bu natijasi evaziga u Rafael Estevamni o'n beshinchi o'rindan tushirib, tashkilotning eng engil divizioni reytingiga kirib oldi.

Tadbir doirasida hakamlarning yakdil qarori bilan Mayru Bueno Silvani mag'lubiyatga uchratgan Portugaliya vakilasi Jaklin Kavalkanti braziliyalik sportchi bilan o'rin almashdi va ayollar o'rtasidagi eng engil vazn reytingida o'ninchi o'rinni egalladi.

Turnirning yana bir ishtirokchisi Tisha Penningtonni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etgan braziliyalik Deniz Gomes birinchi eng engil divizionda ikki pog'onaga ko'tarilib, amerikalik raqibasini o'n beshinchi o'ringa tushirdi.

SHuningdek, o'zgarishlar tashkilotning erkaklar o'rtasidagi eng yaxshi jangchilari ro'yxatiga tasir ko'rsatdi. Unda BMF kamari egasi, amerikalik engil vazn toifasidagi Maks Xollouey bir pog'ona ko'tarilib, P4P reytingida o'n birinchi o'rinni egalladi. Yarim og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Magomed Ankalaev esa o'n ikkinchi o'rinda qayd etildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: