SportUz.Net
iks
ads

Islam Maxachev: "Kurashim foyda bermasa, tik turib jang qilaman"

11.11.2025 14:24    


Rasmni yuklab olish

Faoliyatidagi asosiy janglardan biriga besh kun qolganda Islam Maxachev chempion raqibi bilan yuzma-yuz keldi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Jek Della Maddalena bilan jang uning uchun eng qiyin sinovlardan biri bo'lishini biladi. SHu bilan bir qatorda hammasi reja bo'yicha ketmasa, g'alaba qozonish yo'lini topishiga ham shubha qilmaydi.

"To'g'risini aytsam, bu men uchun eng og'ir janglardan biri, chunki raqibim gavda jihatidan yirik va hamma narsada yaxshi. Ehtimol, u kurashdan yaxshi himoyalanmagandir, lekin uning greplingi juda yaxshi. SHuning uchun ham men o'zimni hamma narsaga tayyorlayapman. Men u bilan tik turib jang qila olaman, kurasha olaman, grepplingda raqobatlasha olaman va bilamanki, u ham men bilan jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bizda bir xil uslub bor deb ayta olmayman. Uning so'nggi raqibi Belal Muhammad ham men singari kurashishni afzal ko'radi, Jek uning kurashidan juda yaxshi himoyalandi. SHu boisdan, men hamma narsaga tayyor bo'lishim kerak. Agar u mening kurashimni to'xtatsa, yana urinib ko'raman. Agar kurash natija bermasa, u bilan tik holatda jang qilaman", - dedi Maxachev. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: