
15 dekabr tongida AQSHning Texas shtati, Xyuston shahrida joylashgan Imagen Venues majmuasida MMA bo'yicha Fury FC 112 turniri bo'lib o'tadi.
Ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, Dana Uayt davogarlar seriyasi ishtirokchisi Anvar Boynazarov ham oktagonga ko'tariladi. Unga o'sha kuni amerikalik Kemeron Greyvs raqiblik qiladi.
36 yashar Anvar Boynazarov so'nggi uchta jangini jangovar karate qoidalari bo'yicha o'tkazib, 1 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgandi. U MMA bo'yicha hozirga qadar 9 ta jangda 5 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. 31 yoshli Greyvs hisobida esa 14 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.

"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi