SportUz.Net
iks
ads

UFC rahbariyati Muhammad Mokaev bilan uchrashuv belgiladi

11.11.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

Eng engil vazn toifasida Brave CF chempionlik kamarini ajoyib tarzda qo'lga kiritgan britaniyalik engilmas jangchi Muhammad Mokaev tez orada dunyoning eng kuchli Ligasiga qaytishi mumkin.

Kelib chiqishi dog'istonlik bo'lgan Mokaev rossiyalik promouter Kamil Gajiev bilan suhbatda UFC rahbariyati bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv haqida aytib o'tdi.

"Jang kuni Xanter Kempbell va Mik Meynard menga omad tilashdi va jangdan keyin g'alaba bilan tabriklashdi. Men hozir Qatarga uchyapman, u erda 22 noyabr kuni UFC turniri bo'lib o'tadi va men ular bilan aynan o'sha erda uchrashaman", - dedi Mokaev.

O'tgan yozda 25 yoshli Mokaev ketma-ket ettita jangda g'alaba qozongan bo'lsa-da, UFC’dan haydalgandi. SHundan so'ng u MMA’da yana uchta jang o'tkazib, barchasida zafar quchdi. Tomas Assis, Jovinsent So va Jerard Berns mag'lub etildi. SHuningdek, u professional karate bo'yicha Karate Combat banneri ostidagi jangda Qozog'iston vakili Bolat Zamanbekovni nokautga uchratib, muddatidan avval g'alaba qozondi.

22 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida UFC Fight Night 265 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning asosiy voqeasi engil vazn toifasida rossiyalik Arman Carukyan va yangi zelandiyalik Den Xuker o'rtasidagi potencial davogarlik jangi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: