
"Rostini aytsam, shunday bo'ladi, deb umid qilaman. Bu men o'z ishimni bajarib, uni o'z joyiga jo'natganimni bildiradi. O'ylaymanki, jangning ertasi kuni hamma: "U axir engil vaznli, unga yarim o'rta divizionda joy yo'q" deydi. Men shunga erishmoqchiman - uni yana engil vaznga qaytarmoqchiman", - dedi Della Maddalena MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.
"U pound-for-pound reytingida birinchi raqamli. U anchadan beri yarim o'rta vaznga o'tish haqida o'ylardi va omadim bor ekan, aynan u birinchi himoya jangimda menga raqib bo'ldi. Bundan ortiq eng yaxshi debyutni o'ylab topib bo'lmaydi - Nyu-Yorkda birinchi raqamli P4P egasi bilan jang", - deya qo'shimcha qildi amaldagi chempion.

INTERVYU. CHempion bo'lganimdan keyin “lyuboy” i bilan urishaman - SHahram G'iyosov
Anvar Boynazarov yana MMAga qaytmoqda. Uning raqibi, jang sanasi va manzili aniq (POSTER)