
2026 yilning 24 yanvar kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi Co-op Live Arena majmuasida Queensberry promouterlik kompaniyasining yirik prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Uning markaziy jangida 20 yoshli Mozes Itauma 32 yashar Jermeyn Franklin bilan to'qnash keladi. Janglar DAZN platformasi tomonidan namoyish etiladi.
Eslatib o'tamiz, yosh Itauma oxirgi jangini shu yilning avgust oyida hamyurti Dillian Uaytga qarshi o'tkazib, birinchi raundda nokaut orqali g'alaba qozongan edi.

"Yirtqichlarcha his paydo bo'ldi". Abdumalik Xalokovni tishlab olgan SHumkov final haqida gapirdi