SportUz.Net
iks
ads

Ar-Riyod-2025: Ikkinchi kungi bahslardan keyin medallar jamg'arish reytingidagi holatimiz qanday?

09.11.2025 23:36    


Rasmni yuklab olish

Bugun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida VI Islom birdamlik o'yinlarining ikkinchi kungi bellashuvlari ortda qoldi.

Kun davomida O'zbekiston delegaciyasi azolari boks, og'ir atletika, dzyudo, suzish va futzal bo'yicha bellashuvlarda ishtirok etib, yakunda 3 ta oltin, 7 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Ayni damda jamoamiz hisobida 4 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza, jami 20 ta medal mavjud. Umumjamoa hisobida Turkiyadan (26 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza) keyin ikkinchi o'ringa ko'tarildik.

Medallar jamg'arish reytingi kuchli 10 taligi:


Bugungi g'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin:

Adhamjon Ergashev (og'ir atletika (65 kg), siltab ko'tarish, 170 kg)

SHahzodxo'ja SHaripov (dzyudo, 90 kg)

Muzaffarbek To'raboev (dzyudo, +100 kg).

Kumush:

Adhamjon Ergashev (og'ir atletika (65 kg), ikki kurash, 304 kg)

3 ta: Nigora Abdullaeva (og'ir atletika (58 kg), dast ko'tarish: 96 kg, siltab ko'tarish: 118 kg, ikki kurash: 214 kg)

Xurshida Razzoqberdieva (dzyudo, 70 kg)

Diyorbek Ro'zmetov (og'ir atletika (71 kg), dast ko'tarish: 148 kg)

Irisxon Qurbonboeva (dzyudo, +78 kg).

Bronza:

Adhamjon Ergashev (og'ir atletika (65 kg), dast ko'tarish, 134 kg)

Uzukjamol Yunusova (Boks, 54 kg)

Marjona Ko'chimova (Dzyudo, 78 kg)

Zilolaxon Yusufova (Boks, 51 kg)

Alisher Yusupov (Dzyudo, +100 kg).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: