
O'zbekiston terma jamoasining -54 kg vazn toifasidagi vakilasi Uzukjamol Yunusova Islom Birdamligi o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Hamyurtimiz yarim finalda turkiyalik raqibasiga imkoniyatni 0:5 hisobida boy berdi va musobaqani uchinchi o'rinda yakunladi.
-60 kg vazndagi bokschimiz Odinaxon Ismoilova esa finalga yo'l oldi. U 1/2 finalda pokistonlik Fatima Zahrani 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.






