
Hatto Aleks Pereyra jamoasi bilan boks bo'yicha jang yuzasidan dastlabki muzokaralarni ham o'tkazgan.
"Biz Aleks Pereyraga jang taklif qildik. Uning jamoasi bunga rozi. Menimcha, bu jangga xalaqit berayotgan yagona narsa - UFC. Bu juda katta jang bo'lardi va bilamanki, Aleks buni o'tkazishga qarshi emas. Men uni enggan bo'lardim - 1000% ishonchim komil. Agar qachondir Dana Uayt o'z jangchilaridan biri Jeyk Polni mag'lub eta olishiga ishonchi komil bo'lganida, u bu jangni 100 foiz qo'llab-quvvatlagan bo'lardi", - dedi amerikalik ESPN’ga bergan intervyusida.
Jeyk Pol aslida 14 noyabr kuni boks bo'yicha engil vazn toifasida jahon chempioni Jervonta Devisga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Biroq "Tank" oficiantga hujum qilish va kaltaklashda ayblanganidan keyin jang bekor qilingandi. Polning 12 yoki 19 dekabr kuni nomi tez orada elon qilinadigan raqibga qarshi jang o'tkazishi rejalashtirilgan.
