SportUz.Net
iks
ads

CHimaev Maxachev - Della Maddalena jangi haqida gapirdi

09.11.2025 17:15    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn (-84 kg) toifasida amaldagi UFC chempioni Xamzat CHimaev 16 noyabr tongida bo'lib o'tadigan superjangdan kutayotganlari haqida bo'lishdi.

Nyu-York (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida Islam Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalenaning chempionlik kamarini tortib olish uchun urinib ko'radi. 

"O'ylaymanki, bo'lajak jangda Islam g'alaba qozonadi. Ikkalasi ham qiziqarli jangchilar. Islamning boshqa vazn toifasiga o'tishi qiziq tuyulyapti. O'ylaymanki, u bu jangda ko'proq kurash mahoratini ishga soladi", - dedi CHimaev o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi Red Corner MMA akkauntida.

Eslatib o'tamiz, Maxachev uchun bu yarim o'rta vazn toifasidagi debyut jang bo'ladi. Oxirgi jangda u Renato Moykanoni birinchi raunddayoq mag'lub etgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: