SportUz.Net
iks
ads

Fyodor Emelyanenko Maxachevga yuzlandi

09.11.2025 18:48    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik 49 yoshli afsonaviy aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachevning bo'lajak raqibi Jek Della Maddalenani vaysaqi deb atadi.

Kelasi yakshanba tongida Islam Nyu-Yorkda o'tkaziladigan UFC 322 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasi chempioni avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi. Emelyanenko ushbu jangdan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

"Ilohim, Islam g'olib kelib, vaysaqi yigitchani jazolasin. Men Maxachevning oktagonda o'z so'zini aytishini istayman", - deya Emelyanenkoning so'zlarini keltiradi "Gazeta.Ru."



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: