
Musobaqada ishtirok etayotgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.
SHunday qilib, Islom birdamligi o'yinlarining ikkinchi kuni ortda qoldi. O'zbekiston kunni 3 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi. Hozirda hisobimizdagi umumiy medallar soni 20 tani tashkil etyapti: 4 ta oltin, 9 ta kumush va 6 ta bronza. Medallar jamg'arish reytingida Turkiyadan keyin ikkinchi o'rindamiz.
23:05. Suzish: 200 m masofaga kechgan erkin usuldagi mikst dasturida ayollar to'rtligimiz 9:18.42 daqiqa bilan to'rtta jamoa orasida oxirgi, yigitlarimiz esa 7:49.06 natija bilan sakkizta jamoa orasida oltinchi pog'onani band etdi.
22:45. Suzish bahslarida Mahdiya Muxtorova ayollar o'rtasida, Muhammadismoil Rahmonov esa erkaklar o'rtasidagi 100 m masofaga brass usulida suzish dasturida eng oxirgi pog'onalarni band etishdi.
Og'ir atletikachi Diyorbek Ro'zmetov siltab ko'tarish dasturida 171 kg natija bilan to'rtinchi bo'ldi va musobaqani bitta kumush medal bilan yakuniga etkazdi.
22:05. CHarm qo'lqop ustamiz Madiyar Daniyarov (60 kg) Islom birdamligi o'yinlari yarim finalida Eron vakili Daniyal SHohbaxshni 4:1 hisobida engib, final masalasini hal qildi.
21:53. Muzaffarbek To'raboev dzyudo bahslarining +100 kg vazn toifasidagi bellashuvlari g'olibiga aylandi. Hamyurtimiz finalda tojikistonlik Temur Rahimovni dog'da qoldirdi.
21:33. Mahoratli dzyudochimiz Alisher Yusupov Ar-Riyoddagi o'yinlarni uchinchi o'rinda nihoyasiga etkazdi. U bronza medali uchun jangda qirg'izistonlik Emirxan Joldoshkazievni mag'lubiyatga uchratdi. Yusupov musobaqa yarim finalida Muzaffarbek To'raboevga imkoniyatni boy bergan edi.
21:28. Bokschi Xumorabonu Mamajonova yarim final bosqichida Jazoir terma jamoasi azosi Selmouni CHaxirani 3:2 hisobida mag'lub etdi va hal qiluvchi bosqichga yo'l oldi.
21:22. Dzyudo terma jamoamiz azosi Irisxon Qurbonboeva (+78 kg) Islom birdamligi o'yinlari finalida turkiyalik Hilal O'zturkka mag'lub bo'lib, musobaqani kumush medal bilan yakunladi.
21:05. Dzyudochi Umida Nig'matova bronza medali uchun kechgan bahsda Tunis vakilasi Sivar Dauadiga mag'lub bo'ldi.
20:55. Diyorbek Ro'zmetov (71 kg) og'ir atletikaning dast ko'tarish bahslarida 148 kg natija bilan ikkinchi bo'ldi va kumush medalga ega chiqdi.
Futzal terma jamoamiz musobaqaning yarim final bosqichida Eron bilan bahs olib bordi va 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Vakillarimizning bronza medali yo'lidagi raqibi nomi birozdan so'ng malum bo'ladi. O'yin 11 noyabr kuni 18:00 da o'tkaziladi.
20:30. Bokschi Zilolaxon Yusufova turkiyalik Rabiya Topuzga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan cheklandi.
20:20. O'zbekistonlik dzyudochi Marjona Ko'chimova (78 kg) bronza medali uchun kechgan bahsda Ozarbayjon vakilasidan ustun keldi va jamoamiz hisobiga navbatdagi medalni taqdim etdi. Hozirda hisobimizda 3 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza mavjud.
20:00. 90 kg vazn toifasidagi o'zbekistonlik dzyudochi SHahzodxo'ja SHaripov Islom birdamligi o'yinlari chempioniga aylandi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bosqichda bahraynlik raqibidan ustun keldi.
19:25. Dzyudochimiz Xurshida Razzoqberdieva finalda ozarbayjonlik Sudaba Agaevaga imkoniyatni boy berdi va natijada kumush medalni qo'lga kiritdi.
18:18. Og'ir atletika. -58 kg vazn toifasida Nigora Abdullaeva siltab ko'tarish mashqlarida ham kumush medal qo'lga kiritdi. U shuningdek umumiy ikkikurash yakuniga ham kumush medalga sazovor bo'ldi. SHu tariqa, Nigora delegaciyamiz hisobiga umumiy hisobda 3 ta kumush medal qo'shib qo'ya oldi.
17:45. Dzyudoda kechki dastur ham qiziq o'tishi kutilmoqda. To'rt nafar polvonimiz finalda, uch nafari esa bronza uchun kurashadi.
Bronza medali uchun:
-78 kg: Marjona Ko'chimova – Gunel Hasanli (Ozarbayjon)
+78 kg: Umida Nig'matova – Sivar Dauadi (Tunis)
+100 kg: Alisher Yusupov – Emirxan Joldoshkaziev (Qirg'iz Respublikasi)
Final:
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Sudaba Ag'aeva (Ozarbayjon)
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov – Israpil Sagaipov (Bahrayn)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Hilal O'zturk (Turkiya)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Temur Rahimov (Tojikiston)
17:40. Og'ir atletika. -58 kg vaznli sportchimiz Nigora Abdullaeva dast ko'tarish mashqlarida kumush medalga sazovor bo'ldi.
17:06. -60 kg vaznli bokschimiz Abdulloh Madaminov iroqlik bokschini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi.
16:14. -70 kg. Xurshida Razzoqberdieva ozarbayjonlik raqibasidan ustun kelib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
16:05. +100 kg vazn toifasida ham o'zbekcha derbi: Muzaffar To'raboev Alisher Yusupovni mag'lubiyatga uchratib, finalda jang qilish huquqini yo'lga kiritdi.
15:35. -60 kg vazn toifasidagi bokschimiz Odinaxon Ismoilova yarim finalda pokistonlik raqibasini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.
15:20. -54 kg vaznli bokschimiz Uzukjamol Yunusova yarim finalda turkiyalik raqibasiga yutqazdi va bronza medali bilan kifoyalandi.
15:15. Oltin va kumush! -65 kg vazn toifasidagi og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev siltab ko'tarish mashqida 170 kg bilan oltin, ikki kurash hisobida esa 304 kg natija bilan kumush medalni qo'lga kiritdi.
14:45. -90 kg vazn toifasida dzyudochimiz SHahzodxo'ja SHaripov qirg'izistonlik raqibidan ustun keldi va finalga chiqdi.
14:20. Adhamjon Ergashev dast ko'tarish mashqida 134 kg natija bilan bronza medaliga ega chiqdi.
14:25. -78 kg vazn toifasida dzyudochimiz Marjona Ko'chimova kamerunlik raqibasiga yutqazdi.
14:20. -70 kg vaznli dzyudochimiz Xurshida Razzoqberdieva qirg'izistonlik raqibasidan ustun keldi.
14:15. Dzyudo. +100 kg vaznda Alisher Yusupov turkiyalik raqibini ippon evaziga mag'lub etdi.
14:10. +100 kg vazn toifasida Muzaffar To'raboev ozarbayjonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
14:05. +78 kg vaznda Irisxon Qurbonboeva Misr vakilasidan ustun keldi. Yana bir yarim final!
13:55. +78 kg vaznli dzyudochimiz Umida Nigmatova kamerunlik raqibasini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi.
13:38. -90 kg vaznli dzyudochimiz SHahzodxo'ja SHaripov tojikistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
13:24. Dzyudo. -78 kg vazn toifasida Marjona Ko'chimova qirg'izistonlik raqibasidan ustun keldi.
12:45. Og'ir atletikachimiz Adhamjon Ergashev -65 kg vazn toifasida o'z ishtirokini boshlashga hozirlik ko'rmoqda. 13:00dan so'ng u supachaga chiqadi.
12:15. Suzish bahslari boshlandi. Kompleks suzish bahslarida Roman Berkovich va Samir Abdujabborov ishtirok etdi. 5 nafar sportchi orasida Samir ikkinchi, Roman esa 4-bo'lib marraga etib keldi.
12:30. CHalqancha suzishda Bunyod Baxtiyorov 8 sportchi orasida 7-bo'lib marraga etib keldi.
Bugun musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati:
12:00 dan so'ng. Suzish (erkaklar, 200 m yakkalik kompleks saralashi). Roman Berkovich, Samir Abdujabborov
12:15 dan so'ng. Suzish (erkaklar, 100 m chalqancha suzish saralashi). Bunyod Baxtiyorov
13:00. Og'ir atletika (erkaklar, 65 kg). Adhamjon Ergashev
13:20 dan so'ng. Dzyudo (ayollar, 78 kg, chorak final). Marjona Ko'chimova - Akmarjan Turdajieva (Qirg'iziston)
-90 kg: SHahzod SHaripov – Muhammadjon Abduljalilzoda (Tojikiston)/Ahmed Elageb (Sudan)
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev – Ushangi Kokauri (Ozarbayjon)
+100 kg: Alisher Yusupov – Minur Ertug (Turkiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Fabiha Busra (Bangladesh)/Mirzaiym Duyshonbekova (Qirg'iz Respublikasi)
-78 kg: Marjona Ko'chimova – Akmarjan Turdajieva (Qirg'iz Respublikasi)
+78 kg: Umida Nig'matova – Anita Mbella Soppi (Kamerun)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva – Safa Soliman (Misr)
15:00. Boks (ayollar, 54 kg, yarim final). Uzukjamol Yunusova - Aysen Taskin (Turkiya)
16:30. Boks (erkaklar, 65 kg, yarim final). Abdulloh Madaminov - Ali Al Sarray (Misr)
16:30. Og'ir atletika (ayollar, 58 kg). Nigora Abdullaeva
18:00. Futzal (erkaklar, yarim final). O'zbekiston - Eron
19:30. Og'ir atletika. (erkaklar, 71 kg). Diyorbek Ro'zmetov
20:00. Boks (ayollar, 51 kg, yarim final). Zilolaxon Yusufova - Rabiya Topuz (Turkiya)
20:20. Boks (ayollar, 57 kg, yarim final). Humorabonu Mamajonova - CHaxira Selmouni (Jazoir)
21:10. Boks (erkaklar, 60 kg, yarim final). Madiyar Daniyarov - Daniyal SHaxbaxsh (Eron)
21:15 dan so'ng. Suzish (ayollar, 100 m brass usulida suzish finali). Mahdiya Muxtorova
21:20 dan so'ng. Suzish (erkaklar, 100 m brass usulida suzish finali). Muhammadismoil Rahmonov
Ar-Riyod-2025: Ikkinchi kungi bahslardan keyin medallar jamg'arish reytingidagi holatimiz qanday?