Bu haqda ukrainalik bokschining jamoasi direktori Sergey Lapin xabar berdi. Mozes hozirda WBO Inter-Continental va WBA International kamarlari sohibi bo'lib turibdi. Har ikki bokschi ham hali mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelyapti.
"Usik Itauma bilan jang qilishni istamaydi, deb aytmagan bo'lardim. U istiqbolli jangchi va uning jamoasi hozirgi darajasiga va reytingdagi o'ringa olib chiqish uchun yaxshigina ishladi. Lekin superog'ir vazndagi vaziyatni tahlil qiladigan bo'lsak, Usikdan tashqari, Mozes uchun ham top raqiblar ko'p.
Itauma afsona bilan jang qilishdan oldin hali jiddiy sinovdan o'tishi kerak. Biz uning barcha 12 raundni bosib o'tganini ko'rdikmi? Ringda xavfli vaziyatlarda bo'lganmisiz? Mening javobim - yo'q! Bu bosqichda unda Usikni mag'lub etish uchun vositalar yo'q", - deya Lapinning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.