Dunyoning eng kuchli Ligasi matbuot xizmati ushbu turnirning to'liq kardini elon qildi. Oqshomning asosiy jangi og'ir vazn toifasi chempionligi uchun amaldagi kamar sohibi, britaniyalik Tom Aspinall hamda reytingda birinchi o'rinda borayotgan franciyalik Siril Gan o'rtasida o'tkaziladi. Bu Aspinall uchun ilk himoya jangi bo'ladi. Jon Jons ketganidan keyin Tom to'laqonli chempionga aylangandi. Ungacha u vaqtinchalik kamar egasi edi.
Turnirning co-main event jangi ayollar minimal vazn toifasida o'tkaziladi. Vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun reyting peshqadami Virna Yandiroba o'zidan to'rt pog'ona quyida borayotgan Makkenzi Dernga qarshi oktagonga chiqadi. Bu chempionlik kamari CHjan Veyliga tegishli edi. Xitoylik aralash yakkakurash ustasi Valentina SHevchenkoning kamari uchun jang qilishi bois, uning chempionlik unvoni vakant deya elon qilingandi.
Abu-Dabi turniri doirasida uch nafar rossiyalik aralash yakkakurash ustalari ham reyting janglarida oktagonga ko'tariladi. O'ta engil vazn reytingida ikkinchi o'rinni band etgan Umar Nurmagomedov reytingning to'qqizinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Mario Bautistaga qarshi jang o'tkazadi.
Og'ir vazn reytingida ikkinchi o'rindan joy olgan Aleksandr Volkov o'zidan uch pog'ona quyida borayotgan braziliyalik Jailton Almeydaga qarshi jang qiladi. Ushbu jang g'olibi chempionlik kamari uchun majburiy davogarga aylanadi. Yarimog'ir vaznda Azamat Murzakanov (reytingda 10-o'rin) Aleksandr Rakich (7-o'rin) bilan hisob-kitob qiladi.
Prelim kard janglari:
Engil vazn: Nasrat Xakparast – Kuillan Salkilld
O'rta vazn: Ikram Aliskerov – Yun Yong Pak
Engil vazn: Lyudovit Klayn – Mateush Rebecki
Engil vazn: Abdul-Karim Al-Selvadi – Mateus Kamilo
Og'ir vazn: Valter Uoker – Lui Sazerlend
Yarim engil vazn: Nataniel Vud – Xose Migel Delgado
Og'ir vazn: Xamdi Abdelvaxab – Kris Barnett
O'ta engil vazn: Azat Maksum – Mitch Raposo
Ayollar minimal vazn: Jaklin Amorim – Mizuki