"Bu jang menga yoqmoqda. Uslubiy jihatdan olib qaralsa, bu bellashuv Bilol bilan bo'lgan jangdan osonroq kechishi mumkin, deb o'ylayman. Bilol qanday harakat qilishini taxmin qilish qiyin bo'lgan raqib — u bilan ishlash mushkul. Islam esa ananaviyroq jangchi. Albatta, u biroz kichik jussaga ega, lekin shubham yo'qki, u jang uchun etarlicha vazn to'playdi. Bu erda ikki xil holat bo'lishi mumkin: yo u vazn tushirmasdan jangga chiqqani sababli o'zini yaxshi his etadi, yoki ortiqcha kilogrammlar uning chidamliligiga tasir qiladi. Hozircha aniq aytish qiyin.
Mening bilishimcha, Maxachev hech qachon yarim o'rta vaznda professional darajada jang qilmagan. Bu uning yangi toifadagi ilk jangi bo'ladi — hamda darhol chempionlik jang, besh raundli bellashuv. Bu Islam uchun jiddiy sinov. Albatta, u so'nggi vaqtlarda raqiblarini to'liq ustunlik bilan engib kelmoqda, bu esa uni favoritga aylantiradi. Ammo menimcha, bu jang Della Maddalena uchun yaxshi kechadi", — dedi Vikers Southern Cross Combat nashriga bergan intervyusida.