SportUz.Net
iks
ads

"Men Madrimov va Bogachukdan yaxshiroqman" - Lubin

22.10.2025 17:06    


Rasmni yuklab olish

8 noyabr kuni WBC yo'nalishi chempioni Virjil Ortis hamyurti Erikson Lubin (27-2, 19 KO) bilan jang o'tkazadi.

Lubin ushbu jang haqida fikr bildirdi.

"Bilaman, Virjil Ortis jangga o'zining eng yaxshi holatida chiqadi. Lekin men u jang qilgan barcha raqiblardan yaxshiroqman, deb hisoblayman. Men uning eng kuchli raqibiman, deb o'ylayman. Men — Ortis hozirgacha ringda to'qnash kelgan eng yaxshi bokschiman.

Men uning hududiga borayotganimni tushunib turibman. Lekin his qilyapmanki, aynan shu erda, men boshdan kechirgan barcha og'ir janglardan, Eliminatorlaridan so'ng, ana shu jang — mening g'olibona lahzalarim bo'ladi.

"Noto'g'ri tushunmang, u Madrimov va Bogachuk bilan jang qilgan. Bu ikki raqib hurmatga sazovor, lekin ular vazn toifasining eng kuchli jangchilari emas. Bogachuk hech qachon chempion bo'lmagan, garchi u har doim oldinga intilib, jangni tomoshabop qila olgan bo'lsa ham. SHu bilan birga, ko'pchilik uning g'alabasini bahsli deb hisoblaydi — bazilar Ortis o'sha jangni bahsli tarzda yutgan, deyishadi.

Madrimovga qarshi jangda esa Ortis yaxshi ko'rinishda bo'lgan, ammo rostini aytganda, Madrimov hali biroz tajribasiz — garchi u avval Krouford bilan jang qilgan bo'lsa ham", — dedi Erikson Lubin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: