"Bu qaror unga umuman og'ir bo'lgani yo'q, chunki Islam bu haqida ancha vaqtdan beri o'ylab kelardi. U o'zi shu vazn toifasiga o'tishni xohlagandi. U menga kamarni himoya qilishdan motivaciya yo'qolib borayotganini aytgan, har safar bu odatiy ishga aylanib borayotganini his qilgan. Balki shu sababdan u motivaciyani butunlay yo'qotib qo'yishdan va navbatdagi himoyaga etarlicha tayyorlanmaslikdan qo'rqqandir.
Hozir u shaxsiy suhbatimizda butunlay boshqacha kayfiyatda ekanini aytdi. Unda yana ilk chempionlik jangidan oldin bo'lgan o'sha olov paydo bo'lgan. Bu qarorni u o'z xohishi bilan qabul qildi. Faqatgina uning yo'lini Bilol Muhammad to'sib turgandi — ko'p sabablarga ko'ra u bilan jang qilmoqchi emasdi. Ammo natijada barchasi shunday bo'ldi va o'tish imkoni paydo bo'ldi", — dedi Magomedov.