SportUz.Net
iks
ads

Tom Aspinall unga faoliyatidagi eng kuchli zarbani kim berganini aytdi. Bu rossiyalik!

22.10.2025 14:21    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Tom Aspinall eng kuchli zarbani 2023 yil 12 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 295 turniri doirasidagi jangda qabul qilib olgan.

Britaniyalik 32 yoshli Tom o'sha jangda rossiyalik Sergey Pavlovich unga eng kuchli zarba berganini tan oldi. Ularning jangi Tomning birinchi raunddayoq nokautli g'alabasi bilan yakunlangan edi.

— Faoliyatingda qaysi jangchi senga eng kuchli zarba bergan?

— Yaxshi savol. Men uni Pavlovich degan bo'lardim.

Eslatib o'tamiz, Tom Aspinall navbatdagi jangini sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi franciyalik Siril Ganga qarshi o'tkazadi. Ularning jangi 25 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida o'tkaziladigan UFC 321 turniriing asosiy to'qnashuvi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: