SportUz.Net
iks
ads

O'zbekistonlik sportchi braziliyalik sobiq UFC jangchisi bilan to'qnash keladi + POSTER

22.10.2025 13:18    


Rasmni yuklab olish

30 oktyabr kuni Koreya Respublikasining Seul shahrida MMA bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tadi.

Unda o'zbekistonlik og'ir vaznli aralash yakkakurash ustasi Qodirxon G'aniev ham chiqish qiladi. Hamyurtimizga turnir doirasida braziliyalik Markos Rojerio de Lima raqib bo'ladi.

Malumot uchun, Qodirxon faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. Markos Rojerio de Lima (22-9-1) esa UFC sobiq jangchisi sanaladi. 40 yashar sportchi mazkur nufuzli Ligada jami 18 ta jangda 11 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: