SportUz.Net
iks
ads

Maks Xollouey: "Qo'lqopsiz jang - bu dunyodagi eng ahmoqona narsa"

22.10.2025 12:54    


Rasmni yuklab olish

BMF kamari sohibi, UFC’ning eng qo'rqmas va murosasiz jangchilaridan biri Maks Xollouey so'nggi bir necha yil ichida mashhur yakkakurash turlaridan biriga aylangan qo'lqopsiz janglarida nima uchun hech qachon debyut qilmasligini tushuntirdi.

"Men hech qachon qo'lqopsiz janglarda qatnashmayman - bu dunyodagi eng ahmoqona narsa. Professional sportdan ketsam, ortga hech qachon qaytmayman. Uzog'i bilan boks jangi o'tkazarman, lekin quruq qo'l bilan emas, chunki bu shunchaki aqlsizlik. SHapaloq yoki qo'lqopsiz musobaqalarida qatnashadigan birodarlar, siz shunchaki ahmoqsiz. Bu shapaloq bilan bog'liq narsa umuman siyqasi chiqqan - nega men turib: "Qani, menga ur, keyin men senga uraman" deyishim kerak. Bu shunchaki safsata", - dedi amerikalik aralash yakkakurash ustasi ijtimoiy tarmoqdagi muxlislarning savollariga javob berar ekan.

Malumot uchun, Maks Xollouey iyul oyida hamyurti Dastin Poreni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etib, BMF kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Uning navbatdagi raqibi braziliyalik CHarlz Oliveyra bo'lishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: