UFC 323 turniri 6 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladi. Hozircha ushbu turnirning markaziy jangida kimlar oktagonga chiqishi aniq emas.
Avvalroq, mazkur turnirda o'ta engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Pantoja davogar Joshua Vanga qarshi himoya jangi o'tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu vaznda hamyurtimiz Ramazon Temirov ham bor, afsuski u doping chetlatishi sabab 2026 yilning iyuligacha oktagonga qayta olmaydi.