Oqshomning asosiy jangi birinchi birinchi o'rta vazn toifasida vaqtinchalik WBA chempionlik kamari uchun kechadi. Unda amerikalik Jeyron Ennis angolalik Uisma Limaga qarshi ringga ko'tariladi.
Jang oldidan bokschilar rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. 28 yoshli Ennis o'zi uchun yangi vazn toifasidagi debyut jangiga 69,6 kg tosh bosdi. Lima esa 69,4 kilogramm vazn qayd etdi.
Etiborlisi, 32 yoshli Uisma oxirgi 4 ta jangida garchi autsayder deb hisoblansa-da, g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Jeyron Saul Alvaresga Terens Kroufordga qarshi o'tkazgan jangi uchun tayyorgarlik ko'rishda mashg'ulotlarda yordam bergandi.
Filadelfiyadagi turnirning co-main event jangida kanadalik istedod egasi Aleksis Barrier italiyanlik Gvido Vianelloga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang superog'ir vazn toifasda vakant bo'lib turgan WBC Continental Americas kamari uchun bo'lib o'tadi. Barrier tarozida — 107,5 kg; Vianello — 112,2 kg vazn ko'rsatdi.