Hamyurtimiz bugun tongda AQSHning Tennessi shtati, Klarksvill shahrida bo'lib o'tgan LFA 219 turnirining markaziy bahsida avstraliyalik Isaak Tompsonga ochkolar hisobi bo'yicha mag'lub bo'lgandi. Hakamlarning ikki nafari Isaak, uchinchi esa Akbarjonning g'alabasini taminlagan edi.
"Alhamdulillah, jangimizni o'tkazib oldik. Uch raund to'liq jang qildik. Barcha qo'llab-quvvatlayapti, hammaga rahmat. Qo'limizdan kelganini qildik, uch raund ishladik. O'zimni oqlamoqchi emasman. Hisobim bo'yicha ikki raundni yutdim. Uchinchi raundda qo'llarim biroz toliqqani uchun tik turgan holda kam urishdim. SHunday bo'lsa ham, uchinchi raundda oyoq zarbalari bilan raqibimni ko'p ushlagandim. Biz jangni yutdik, lekin hakamlarni yuta olmadik. In SHa Alloh kuchli bo'lib qaytamiz. Sinib qolish yo'q", dedi Islomboev.