SportUz.Net
iks
ads

Aleks Pereyra oyog'i singanini tasdiqladi va qachon oktagonga qaytishini aytdi

11.10.2025 14:45    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyra rossiyalik Magomed Ankalaevga qarshi jangda oyog'ini sindirib olganini tasdiqladi.

"Rentgen va MRT qilishdi. Afsuski, oyog'im sinibdi. Ammo tiklanish qancha vaqt olishini hali bilmayman. Menimcha, Oq uydagi turnirga etibor qaratish kerak, bu meni qiziqtiradi. O'ylaymanki, shunday qilaman", - dedi Pereyra jurnalistlarga.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uyda AQSHning 250 yilligiga bag'ishlangan UFC turniri 2026 yil 14 iyunda bo'lib o'tishini malum qilgandi.

Eslatib o'tamiz, 5 oktyabr kuni UFC 320 turnirida Pereyra Ankalaevni birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, chempionlik kamarini qaytarib olgandi. Uning hisobida 13 ta g'alaba va uchta mag'lubiyat bor. Ankalaev esa 20 g'alaba, 2 mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan. Yana bitta jangi o'tkazilmagan deb topilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: