SportUz.Net
iks
ads

Muhammad Mokaev navbatdagi jangini Byornsga qarshi o'tkazadi (POSTER)

11.10.2025 18:33    


Rasmni yuklab olish

Sobiq UFC jangchisi, Buyuk Britaniya sharafini himoya qiluvchi Muhammad Mokaevning navbatdagi jangi ochiqlandi.

U 7 noyabr kuni Bahraynning Isa Taun shahrida tashkil etiladigan Brave 100 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.

Mokaevga o'sha kuni irlandiyalik Gerard Byorns raqib bo'ladi. Jang turnirning markaziy bellashuvi maqomida o'tadi.

Malumot uchun, 25 yoshli Muhammad faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Byorns hisobida esa 7 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: