SportUz.Net
iks
ads

Grozniyda katta prof boks oqshomi o'tkazildi, unda 6 bokschimiz ham ringga ko'tarildi (Barcha natijalar)

11.10.2025 13:00    


Rasmni yuklab olish

CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov bevosita arenada kuzatib borgan turnirning hamyurtlarimiz ishtirokidagi ikki jangi durang natija bilan yakunlandi.

"Axmat-Ozon" tomonidan tashkil etilgan oqshomning asosiy jangi yarim og'ir vazn toifasida WBA International kamari uchun bo'lib o'tdi. Unda ikki rossiyalik bokschi – chempionlik kamari uchun sobiq davogar Umar Salamov hamda Yuriy Kashinskiy ringda o'zaro to'qnash keldi. Jangning ikkinchi raundida Salamov raqibini texnik nokautga uchratib, WBA International kamarini qo'lga kiritdi. 

Grozniydagi prof boks oqshomida 6 nafar charm qo'lqop ustamiz – Asadbek Tursunov, Asadbek Husanboev, Mirzohidjon Abdullaev, Madiyar Saydrahimov, Muzaffar Rasulov va Abdumutallib Xabibullaev reyting janglarini o'tkazishdi. Hamyurtlarimizning bari rossiyalik bokschilarga qarshi ringga ko'tarilishdi.

Afsuski, hech bir bokschimizga bu turnirda g'alaba qozonish nasib qilmadi. Og'ir vazn toifasida kechgan Mirzohidjon Abdullaev va Mansur SHukulov hamda Madiyar Saydrahimov va Sayxan Bakaev o'rtasidagi janglarda hakamlar durang natijani qayd etishdi. Qolgan bokschilarimiz rossiyalik raqilariga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: