Oqshomning markaziy jangida o'zbekistonlik 26 yoshli aralash yakkakurash ustasi Akbarjon Islomboev avstraliyalik Isaak Tompsonga qarshi oktagonga chiqdi. Besh daqiqadan uch raund to'liq davom etgan jangda Isaak hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozondi. Ikki hakam 29-28 hisobidagi g'alabani avstraliyalikka, yana biri hamyurtimizga taqdim etgan.
Malumot uchun, Akbarjon Islomboev faoliyati davomida hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 10g'alaba va 1 ta durang qayd etgandi. Bugun u ilk alamli mag'lubiyatini qabul qildi. G'olib nomi elon qilinganida Islomboev hakamlar qaroriga umuman qo'shilmadi. 23 yoshli Tompson esa bugun 9-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobidagi mag'lubiyatlari 2 taligicha qoldi.
Eslatib o'tamiz, bu Akbarjon Islomboevning AQSHning LFA ligasidagi ilk jangi bo'ldi. U o'tgan oyda ushbu promoushen bilan shartnoma imzolagan edi.