"Pereyra Jonsni nokaut qila oladi" - Oliveyra
11.10.2025 11:54
240
Rasmni yuklab olishUFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Jon Jons va Aleks Pereyra o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Men Jon Jonsni muhokama qila olmayman, chunki doimo uning muxlisi bo'lganman. O'z yo'limni boshlagan paytimda, Jons o'sha erda edi. Men muvaffaqiyatga erishgan vaqtimda ham o'sha erda edi. Men ikkinchi, u birinchi pog'onada edi. Men uni juda hurmat qilaman.
Ammo u Pereyra bilan uchrashsa, men Braziliya uchun muxlislik qilaman. Bu jangni hayajon bilan kuzataman, chunki Jons buyuk. Ammo ishonchim komilki, Aleks uni tutib olsa, Jons nokautga uchraydi", - dedi CHarlz Oliveyra.
Do`stlarga yuboring: